AsosiyJamiyat

Bugun tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi mumkin

'Bugun tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 19 mart  kunduz kuni respublika hududiga Volga bo`yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi davom etadi. 

O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Farg`ona vodiysida kun davomida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° iliq.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 4-6° iliqni tashkil etadi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar