Kecha, 18 mart kuni soat 20:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan "Orient logistik sentr" qo`shma korxonasi hududida joylashgan mator moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar bergan edik.
Shunga ko`ra 10 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, yong`in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Yong`in natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






