Jizzaxda haydovchi avtomobil raqamini istasa "509", istasa "559", agar istasa "505" qilib boshqarib yurgani aniqlandi.
U avtomobilida 130-140 km/soat tezlik atrofida yo`lda "uchgan". Jarima esa ushbu mas`uliyatsiz, qoidabuzar haydovchi sabab boshqa fuqaroning manziliga borgan.
Jizzax viloyati IIB YHXB xodimlarining surishtiruvi davomida holat oydinlashdi. Haqiqiy qoidabuzar aniqlanib, tegishli choralar ko`rilmoqda.






