AsosiyJinoyat

Samarqandda 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

'Samarqandda 16 nafar sportchi qamoqqa olindi'ning rasmi

Samarqand shahar hududida joylashgan 14 ta yirik sport majmualarida tezkor-profilaktik tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Tadbirlar jarayonlarida 7 ta sport majmuasida yoshlarni sprot bilan shug`illantirayotgan murabbiylarning sertifikati yo`qligi, shug`ullanuvchilarning ro`yhatga olish tizimi tashkil etilmaganligi, murabbiy va sportchilarning sog`ligi haqida ma`lumotlar yo`qligi, sanitariya-gigiena talablariga javob bermasligi, birinchi yordam va tibbiyot burchagi ham mavjud emasligi aniqlanib, barchasiga tegishli bayonnomalar tuzildi.

10 ta sport majmuasida ruxsatnomasiz sotib kelinayotgan 72 kilogramm protein va kuchli ta`sir etuvchi dori vositalari hujjatlashtirib olindi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 16 nafar sportchi shaxslar IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik qilganligi, shuningdek, kriminogen vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi uchun qonunda belgilangan tartibda qamoqqa olindi.

Sport zallari va klublarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati to`xtatildi hamda klub egalari bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilib, jinoyat sodir etmaslik to`g`risida rasman ogohlantirildi.  

Bu kabi tezkor tadbirlar barcha joylarda davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar