2022 yil 17 mart kuni soat 12.30 larda Yunusobod tumanida taxminan «Lacetti Gentra» rusumli avtomobilda yo`l-transport hodisasi sodir etilishi natijasida jabrlangan 17 yoshli qiz haqidagi xabarlar internet tarmog`ida tarqalgan edi. YTH sodir etgan haydovchi o`rnatilgan qoidalarga zid ravishda voqea joyini tark etgan.
Mazkur holat yuzasidanToshkent shahar IIBB ma`lumot taqdim etdi.
O`tkazilgan tekshiruv jarayonida, yo`l-transport hodisasi "Chevrolet Epica" rusumli (davlat raqami 10 D 010 TA) avtomobilda sodir etilganligi aniqlandi va transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.
Haydovchining shaxsi ham aniqlandi, u 19 yoshli A.A. bo`lib, unga nisbatan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) va 117-moddasi 1-qismi (“Xavf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda, yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi, deyilgan rasmiy xabarda.






