Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda Paxtachi tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, tarkibida oltin moddasi bo`lgan ruda toshlarni noqonuniy qazib olish bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh a`zolari faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.
Xususan, Paxtachi tumanida yashovchi fuqarolar 1974-y.t. “M.X.”, 1985-y.t. “X.U.”lar yashash xonadonlarida tarkibida oltin moddasi bo`lgan taxminan 920 kg. ruda toshlar hamda boshqa ashyoviy dalillar (tosh tegirmon-4, drabelka-2) mavjudligi aniqlanib, xujjatlar rasmiylashtirildi.
Ushbu rudalarni qayta ishlash natijasida, 339 mln so`mdan ortiq tabiiy gaz va elektr energiyasi talon-taroj qilinganligi aniqlandi.
Hozirda, jinoiy guruh a`zolariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






