Hindistonlik savdogar ilk bor O`zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg`oniston orqali tranzit orqali yubordi. Bu haqda The Tribune India ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga jo`nab ketgan. Bunga qadar yuk Hindistonning Mumbay shahridan dengiz orqali Karachiga, so`ngra Pokiston orqali Torxamga o`tib, Afg`oniston chegarasini kesib o`tgan.
Tolibon Sanoat va savdo vazirligi matbuot kotibi Maulana Zohirning so`zlariga ko`ra, yuk bir kun avval Pokistondan mamlakatlar o`rtasidagi Torxam chegara punkti orqali Afg`oniston poytaxtiga etib kelgan.
Vazirlik Hindiston tovarlari tranzitini osonlashtirish maqsadida maxsus marosim uyushtirib, buni Afg`onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi asosiy savdo aloqasiga aylantirish yo`lidagi katta qadam sifatida baholadi.






