Afg`oniston janubidagi Qandahor viloyatida portlamay qolgan artilleriya snaryadining portlashi oqibatida to`rt nafar bola halok bo`ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea Shoh-Vali-Kot tumani yaqinida sodir bo`lgan. Bu erda bolalar portlamay qolgan o`q-dorilar bilan o`ynashayotgan bo`lgan.
Rasmiy manbalarga ko`ra, urush paytida foydalanilmagan snaryadlar har oy Afg`onistonda 120 ga yaqin odamni o`ldiradi yoki jarohatlaydi.
Yanvar oyi boshida Afg`oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida maktab yaqinida minomyotning portlashi oqibatida to`qqizga yaqin odam halok bo`lgan edi.






