Ukrainadagi urush dunyoda ommaviy ocharchilikka va global oziq-ovqat tizimining qulashiga olib kelishi mumkin. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma`lum qildi.
"Ukrainadagi urush allaqachon ta`minot zanjirlarini buzmoqda va yoqilg`i, oziq-ovqat hamda transport narxlarining osmonga ko`tarilishiga olib kelmoqda. Biz ochlik bo`roni va global oziq-ovqat tizimining qulashiga yo`l qo`ymaslik uchun hamma narsani qilishimiz kerak", degan u.
O`z navbatida, Evrokomissiya Ukrainaning o`zida ocharchilik bo`lishi mumkinligidan ogohlantirgan.






