Amerika harbiy xizmatchilari Ukrainada yuz berayotgan urushda ishtirok etmaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin CNN telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi.
"AQSh prezidenti bizning qo`shinlarimiz Ukrainadagi Rossiya bilan mojaroda ishtirok etmasligini aniq aytdi”, — dedi Ostin.
Ostin Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud tashkil etilsa, AQSh uning osmonini nazorat qilishga va Rossiya samolyotlarini urishga majbur bo`lishini eslatgan.
"Shunday qilib, biz Rossiya bilan to`qnash kelgan bo`lardik. Gap ikki yadroviy davlat haqida ketyapti. Hech kim ularning mojaroga aralashishini istamaydi. Bu mintaqa va butun dunyo uchun yomon bo`lardi", degan u.






