AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qaysi hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi?

'Bugun O`zbekistonning qaysi hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Qoraqalpog`istonda kechga tamon ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliq, shimolda 1-6° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-11° iliqgacha ko`tariladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar