“Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–173-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko`rsatiladi:
- mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`limi;
- qishloq xo`jaligi bo`limi;
- turizm va madaniy meros bo`limi;
- ️ sportni rivojlantirish bo`limi;
- ️ oila va xotin-qizlar bo`limi;
- ️ davlat soliq inspeksiyasi;
- ️ aholi bandligiga ko`maklashish markazi;
- ️ davlat umumiy o`rta ta`lim maktablari;
- ️ davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari;
- ️ davlat ko`p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo`llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
2022 yil 1 dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko`rsatilishini yo`lga qo`yish bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi.






