Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bog`chada tarbiyachi bolalarni uxlatish, aytganini qildirish uchun ularning tanasiga shpris tiqqani aytilmoqda.
Ta`kidlanishicha, videodagi hodisa Samarqand shahridagi "Golden Kids" xususiy bog`chasida sodir bo`lgan.
Samarqand viloyati IIB holat bo`yicha o`rganish ishlari boshlanganini, natijasi bo`yicha batafsil ma`lumot berilishini xabar qildi.