Saudiya Arabistonida karantin talablari yumshatilib, barcha davlatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgani sabab Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosi oshishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borilgan va belgilanadigan narx bo`yicha o`zaro kelishuvga erishildi.
Ta`kidlanishicha, muqaddas oyda Saudiya Arabistonidagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, xizmat ko`rsatish narxlari oshayotgan bo`lsada, sa`y-harakatlar natijasida Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi.
Musulmonlar idorasi talab va istaklarini inobatga olib, Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi ko`rib chiqilayotgani ma`lum qildi.






