O`zbekistonda 22-24 mart kunlari havo harorati joylarda biroz ko`tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 21 mart kuni Qoraqalpog`iston, Xorazm hamda Navoiy viloyati shimolida biroz qor yog`ishi mumkin. Toshkent viloyati va tog`li hududlarda ham yog`ingarchiliklar bor. Shu kuni kechasi yuqori balandlikdagi siklon chekinishi hisobiga, joylarda havo harorati -0 -3 daraja sovuqgacha pasayishi mumkin.
22 mart kuni respublikaning ko`plab hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat vodiy viloyatlari bundan mustasno.
23 mart kuni mamlakatimizda biroz haroratning pasayishi kutiladi. Respublikaning shimoliy hududlaridan tashqari barcha hududlarida yog`ingarchilik bor.
24 mart kuni havo haroratining isishi kutilidi. Joylarda yog`ingarchilik kutilmaydi hisob.
Shu 5 kunlikda kutilayotgan yog`ingarchiliklar surunkali ko`p miqdorda yog`uvchi yog`ingarchiliklar emas.






