Hindistonning Kerala shtatida futbol o`yini paytida 8 ming kishilik tribuna qulab tushdi. Bu haqda «NDTV» xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tribuna qulashi oqibatida 200 dan ortiq odam jarohat olgan. Ulardan besh nafari og`ir yaralangan. Taxminlarga ko`ra, hodisaga 3,5 ming tomoshabin uchun mo`ljallangan tribunaga deyarli 8 ming tomoshabin ko`tarilgani sabab bo`lgan. Oqibatda tribuna odamlarni ko`tara olmay, qulab tushgan.
Huquq-tartibot idoralari ma`lumotlariga ko`ra, hodisa 19 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Malappuram shahrida sodir bo`lgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.






