AsosiyJamiyat

Qo`qonda 5 kishi is gazidan vafot etdi

'Qo`qonda 5 kishi is gazidan vafot etdi'ning rasmi

Qo`qon shahridagi xonadonlarning birida 5 kishi is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi. Bu haqda FVV ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 21 mart kuni Qo`qon shahar “Shikorbegi 62-sonli” MFY, Shikorbegi 3-berk ko`chasi 56-uyda 5 nafar fuqarolar vafot etgan. Ushbu xonadon tabiiy gaz bilan ta`minlangan. Marxumlarning o`lim sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza natijalari olingandan so`ng, qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.  Mutaxassislarning o`rganishlariga ko`ra fuqarolar is gazidan zaharlanib vafot etganligi taxmin qilinmoqda. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xonadon 2022 yil 18 fevral kuni Qo`qon "Biokiyo" FVB 30-YoQQ xodimi L.Naziraliev tomonidan  yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish  yuzasidan yo`riqnomadan o`tkazilib, maxsus daftarga imzo qo`ydirilgan.

    Boshqa yangiliklar