AsosiyJamiyat

G`allaoroldagi Juma bozor tarafda 3 metrlik ilon chiqqani rostmi?

'G`allaoroldagi Juma bozor tarafda 3 metrlik ilon chiqqani rostmi?'ning rasmi

Jizzax viloyati  "G`allaorol tumanida O`zbekiston hududida uchramaydigan piton ilon topilgan. Bu haqda "Ekologuz" Telegram kanalida ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 22 mart, bugun G`allaorol tumani Juma bozori tarafda 3 metrlik ilon chiqdi" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Viloyatning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati kotibining ma`lumot berishicha, bunday tur ilonlar O`zbekiston hududida uchramaydi. Video va suratlardagi piton iloni G`allaorol tumani "Olimlar" MFY hududidagi ochiq maydonga sel bilan oqib kelgan va cho`ponlar tomonidan topilgan.  Tarqalgan xabarlar yuzasidan G`allaorol tumani Ekologiya bo`limi va IIB birgalikda ushbu holatni o`rganilmoqda. 

"Ilon qaerda va kim tomonidan suvga tashlangani haqidagi to`liq ma`lumotlar olinishi bilan yana qo`shimcha xabar beriladi", — deydi axborot xizmati rahbari.

    Boshqa yangiliklar