Namangan shahrida haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan shaxs "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarib, yo`lda xizmat olib borayotgan YPX xodimining to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan, uni urib yuborib, hodisa joyidan yashirindi. Bu haqda viloyati IIB ma`lum qildi.
Xodim zarb oqibatida tan jarohatlari olgan. Surishtiruv davomida ushbu shaxs aniqlandi. Avtomobil esa ustaxonadan topildi.
Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda tug`ilgan B.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo`zg`atilib, ushbu shaxs Jinoyat Prosessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.






