Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Germaniyadagi hamkor tashkilot bilan hamkorlikda mehmonxona, gastronomik turizm va ko`ngilochar istirohat bog`laridagi bo`sh ish o`rinlarini taklif qilmoqda.
Ish turi:
1) Mehmonxonada yordamchi;
2) Restoran xizmatchisi;
3) Ko`ngilochar istirohat bog`larida (attraksionlarda) yordamchi.
Fuqarolar ish beruvchi tomonidan tanlov asosida yuqoridagi bo`sh ish o`rinlariga tanlab olinadi.
- Oylik maoshi - 1800-2400 evro (brutto).
- Ishchilarga o`z tanlovlariga ko`ra yashash joyi taklif qilinadi.
Nomzodlar uchun talablar:
- 22-35 yosh;
- Nemis filologiyasi, turizm va gastronomiya yo`nalishidagi diplom;
- Gyote institutining B1 darajasidagi nemis tilini bilish sertifikati (ingliz tili qo`shimcha);
- sudlanmagan bo`lishi lozim.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Quyidagi hujjatlarni yuklash lozim:
- xorijga chiqish pasporti;
- o`rta-maxsus ta`lim diplomi;
- nemis tilidan B1 sertifikati;
- to`ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida)
Murojaat uchun: (71) 202-33-55.






