AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra,  bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, ba`zi joylarda qorga aylanadi) bo`lishi kutilmoqda. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esad. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi

    Boshqa yangiliklar