Respublika viloyat markazlarida ayni dam eng past harorat Toshkent shahrida kuzatilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hatto, Nukusda ham harorat poytaxtdagiga nisbatan yuqori. Termizda esa harorat +15 daraja iliq.
Viloyat markaziy shaharlaridan Qarshi, Samarqand, Jizzax, Guliston va Farg`ona vodiy viloyati markaziy shaharlarida yomg`ir yog`moqda, havo nol darajadan yuqori.
Toshkentda esa harorat nol daraja atrofida, qor yog`moqda.️
Yuqoridagi vaziyatdan ham ma`lumki, yaqin orada respubdikada havo harorati keskin sovib ketuvchi holatlar kutilmaydi






