AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev ertaga Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev ertaga Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi'ning rasmi

Ertaga, 24 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so`zlaydi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi xabar berdi. 

Tadbirda ETTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masasugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investisiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vise-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki vise-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporasiyasi vise-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.

Prezidentimiz ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikasiya masalalari bo`yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Bugun esa davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegasiyasini qabul qiladi.

    Boshqa yangiliklar