AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik xunarmandlar Hindistondagi festivalda ishtirok etmoqda

'O`zbekistonlik xunarmandlar Hindistondagi festivalda ishtirok etmoqda'ning rasmi

2022 yilning 19 martidan 4 apreliga qadar Hindistonning Xaryana shtatida har yili o`tkaziladigan 34-xalqaro “Surajkund Mela” an`anaviy hunarmandchilik festivali bo`lib o`tmoqda, unda O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi vakillari mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Festivalda har yili Hindistonning barcha hududlari va dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan hunarmandlar, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy aholi ishtirok etadi.  "Surajkund Mela" dunyodagi eng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri bo`lib,  ushbu festival mamlakatimizning milliy hunarmandchiligi, milliy taomlari, shuningdek, xalq amaliy san`ati namunalarini namoyish etish imkonini beradi.

Unda O`zbekiston Respublikasining turli hududlaridan kelgan milliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, xalq artistlari, raqqosalar o`z mahoratlarini namoyish etib, mahalliy aholi va sayyohlarning e`tiborini tortdi.

Shuningdek, pavilon hududida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O`zbekiston-Hindiston turizm assosiasiyasi mutasaddilari ishtirokida O`zbekiston sayyohlik burchagi ham tashkil etildi.  Festival doirasida vazirlik tomonidan Hindistonning turizm sohasi tadbirkorlari va investorlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar