AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida 700 mln. so`m kredit olib berish evaziga 20 mln so`m pora olgan "bank xodimi" ushlandi

'Toshkent viloyatida 700 mln. so`m kredit olib berish evaziga 20 mln so`m pora olgan "bank xodimi" ushlandi'ning rasmi

IIBB mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Chirchiq shahrida yashovchi X.M. (ayol)ga o`zini – tijorat bank xodimi "Muhammad" deb tanishtirgan shaxs, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 700 mln so`m miqdordagi ipoteka kreditini hech qanday ortiqcha muammolarsiz rasmiylashtirib berish evaziga 32 mln so`m miqdordagi pulni pora tariqasida talab qilib kelayotgan bo`lgan.

Arizaga asosan Toshkent viloyati IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, "Muhammad" ismli shaxs ariza muallifidan kelishilgan pulning 20 mln so`mini olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.

Tadbir davomida "Muhammad" – 1996 yilda tug`ilgan, Chirchiq shahrida avto korxonada haydovchisi bo`lib ishlovchi M.S. ekanligi (bank xodimi emas) va 2018 yil firibgarlik jinoyati bilan sudlanganligi aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro M.S. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi va 28 orqali 211-moddasi bilan jinoyat ishini qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar