AsosiyJamiyat

Xalq deputatlari tuman Kengashlari yopiq tusda qabul qilinishi kerak bo`lgan qarorlarni ochiq shaklda qabul qilgani aniqlandi

'Xalq deputatlari tuman Kengashlari yopiq tusda qabul qilinishi kerak bo`lgan qarorlarni ochiq shaklda qabul qilgani aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tumanlar Xalq deputatlari Kengashlarining shaxsga doir ma`lumotlarni o`zida aks ettirgan qarorlari ochiq foydalanishda bo`lganligi to`g`risidagi xabarlar tarqaldi.  Adliya vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi. 

Vazirlik tomonidan o`rganish o`tkazilishi  natijasida haqiqatdan ham bir qator tuman Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yopiq tusda qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorlar ochiq shaklda qabul qilinganligi ma`lum bo`ldi. Mazkur holatdan so`ng Adliya vazirligi tomonidan E-qaror elektron tizimidagi barcha qarorlar hatlovdan o`tkazilib, shaxsga doir ma`lumotlarni o`z ichiga olgan barcha qarorlar yopiq shaklga o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar