AsosiyJamiyat

Buyuk Britaniyalik professorlar tomonidan ingliz tili o`qituvchilari uchun seminar o`tkazilmoqda

'Buyuk Britaniyalik professorlar tomonidan ingliz tili o`qituvchilari uchun seminar o`tkazilmoqda'ning rasmi

Prezident ta`lim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan 24-26 mart kunlari ingliz tili o`qituvchilari uchun xalqaro seminar-trening tashkil etilmoqda.

Ushbu seminar Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti ning professorlari tomonidan ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari o`qituvchilari uchun o`tkaziladi.

3 kunlik seminar-treningda o`qituvchilar ingliz tilini o`qitish bo`yicha asosiy g`oyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Birinchi kuni (24.03.2022) “Ingliz tili darslarida o`quvchiga yo`naltirilgan yondashuvni qo`llash”, “Asosiy 4 ta ko`nikmani rivojlantirish”, “Ingliz tili darsi jarayonlarida interaktiv mashg`ulotlarni qo`llash” mavzusida tomonidan seminar-trening bo`lib o`tadi.  

Ikkinchi kun (25.03.2022) “O`zlashtirish darajasi turli bo`lgan o`quvchilar bilan ishlash metodikasi”, “Darslikdagi o`qish va gapirish mashg`ulotlarini samarali o`tkazish”, “Tinglash va yozish ko`nikmalarini rivojlantirish” mavzularida bo`lib o`tadi. 

Oxirgi kuni (26.03.2022) “Ingliz tili darslarida formativ baholash”,“Ingliz tili o`qituvchilari uchun onlayn malaka oshirish kurslarini o`tkazish kurslar” mavzusida bo`lib o`tadi.

Seminarni Nottingham Trent universiteti ning professor o`qituvchilari MartinSiver, JeynVikkerso`tishadi. 

Darslar Makmillan nashriyot uyining“Lazer” ingliz tili darsligi asosida interaktiv usulda bo`lib o`tadi. Ushbu seminardan o`rganilgan bilim va ko`nikmalar maktab o`qituvchilari orqali maktablarga keng targ`ib qilinadi.

Ushbu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqich onlayn bo`lishi rejalashtirilgan.

Kelajakda ba`zi o`qituvchilar malaka oshirish, o`qitish jarayonini kuzatish va Buyuk Britaniya o`qituvchilari bilan ko`rishish uchun Nottingham Trent universiteti ga borish imkoniga ega bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar