"O`zgidromet" xabariga ko`ra, 2022-yil 25-31 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o`zgarishlari sababli respublikaning tog`li hududlarida,
jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo`rg`on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Qo`shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung`ur tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo`stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog`larida;
- Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
- Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona tumanlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilinadi.
Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo`nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.






