AsosiyJamiyat

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokidagi avtohalokat sodir bo`ldi

'Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokidagi avtohalokat sodir bo`ldi'ning rasmi

2022 yilning 23 mart kuni soat 15:16 da Mirobod tumani, Taras Shevchenko-Fidokor ko`chalari kesishmasida uta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi. 

Toshkent shahar IIBBning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra,  1997 yilda tug`ilgan haydovchi S.Z. “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, svetoforning qizil chirog`ida harakatlanib, svetoforning yashil chirog`ida harakatlanib kelayotgan 1998 yilda tug`ilgan haydovchi G.M. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli avtomashina bilan to`qnashib, yo`l chetidagi daraxtga urilgan. 

"Malibu" avtomashinasi esa qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, o`z yo`nalishda xarakatlanib kelayotgan haydovchi - 1993 yilda tug`ilgan R.D. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan to`qnashgan.

To`qnashuv natijasida “Spark” avtomashinasining haydovchisi S.Z. hamda uning bir yo`lovchisi 1998 yilda tug`ilgan U.Yu. turli xil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yana bir yo`lovchi esa ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay kasalxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar