AsosiyJamiyat

Toshkentda mart oyida yog`gan yog`in tarixiy rekordni yangilashi mumkin

'Toshkentda mart oyida yog`gan yog`in tarixiy rekordni yangilashi mumkin'ning rasmi

O`tgan asr ham, undan oldingi asrning oxirlarida ham poytaxtda mart oyida 184 mm dan ko`p yog`ingarchilik bo`lmagan.

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar telegram kanali muallifi Abdulahatovning yozishicha mart oyida o`rtacha yog`ingarchilik oy davomida 70.2 mm yog`adi. Hozirning o`zida poytaxtda 168 mm yog`in yog`ib bo`lgani aytiladi. Qayd etilishicha, bu Toshkentda bir yilda yog`ishi kerak bo`lgan yog`inning 37%idir. Oydagi me`yoriy o`rtacha qiymatning esa 240 %idir.

Shuningdek, Abdulahatov O`zbekistonda  yog`ingarchilik hali davom etishini   ma`lum qildi.

" "O`zgidromet" tomonidan yog`inlar poytaxtda 25 martga o`tar kechasi, 26 va 27 mart kunlari yog`ishi prognoz qilinmoqda. Ishonchli iqlimi modellari bu davr uchun poytaxtda yana umumiy 16 mm ga yaqin yog`in yog`ishini prognoz qilgan. Balki, ushbu oy oxirida poytaxtda tarixiy rekord yog`ingarchilik kuzatilishiga guvoh bo`larmiz",-deydi u.

    Boshqa yangiliklar