AsosiyJinoyat

Namanganda "Kalashnikov" avtomatini sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Namanganda "Kalashnikov" avtomatini sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 97- (Qasddan odam o`ldirish) va 182- (Bojxona to`g`risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan «A.O.» Qirg`iziston Respublikasining Jalolobod oblasti Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy aloqasidan 1 dona AKS-74 jangovor o`qotar quroli, 3 dona o`qdon va 43 dona o`q-dorilarni oladi hamda kontrabanda yo`li bilan mamlakatimiz hududiga o`tkazgan. Bu haqda Darakchi.uzga DXX Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda «A.O.» ushbu qurol va o`q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo`lganida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar