Andijonda maishatning oxiri o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 22 mart kuni 50 yoshli A.R. hamda 53 yoshli B.A.lar Andijon shahar “Islomobod” MFYda joylashgan 53 yoshli M.M.ning yashash xonadoniga mehmonga kelishib, u erda birgalikda spirtli ichimliklar iste`mol qilishadi. So`ngra A.R. hamda B.A.lar mast bo`lgan holda bir-birlarini haqorat qilishgan vaqtida o`rtasida kelib chiqqan o`zaro tortishuv natijasida B.A. stol ustida turgan xo`jalik pichog`ini olib A.R.ning ko`krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazganligi oqibatida A.R. hodisa joyida vafot etganligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida A.R.da ko`krak qafasi o`ng tomon sohasidan ko`krak bo`lig`iga teshib o`tuvchi sanchma kesma jarohat aniqlangan bo`lib, mazkur jarohat og`irlik darajasiga ko`ra, hayot uchun xavfli bo`lgan “og`ir” tan jarohatlari sifatida baholanishi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan B.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, o`nga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






