AsosiyJamiyat

"Yomg`irlar mavsumi hali tugamadi". "O`zgidromet" dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi

'"Yomg`irlar mavsumi hali tugamadi". "O`zgidromet" dam olish kunlari qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida quruq va bahoriy iliq ob-havo bo`ladi. Kunduz kuni havo 16-19° iliqgacha, janubda esa  ba`zi joylarda 22-25° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.

Ammo yomg`irlar mavsumi hali tugamadi. Ertaga O`zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg`irli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqgacha pasayadi.

25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha  kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg`ir yog`ishi to`xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Havo harorati deyarli o`zgarmaydi.

Dam olish kunlari tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi, tog`larda qor ko`chishi xavfi bor.

    Boshqa yangiliklar