AsosiyJamiyat

“ZAMIN CREATIVE” inklyuziv ijodiy studiyasiga qabul boshlandi

'“ZAMIN CREATIVE” inklyuziv ijodiy studiyasiga qabul boshlandi'ning rasmi

Zamin xalqaro jamoat fondi va Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan Toshkent shahrida "ZAMIN CREATIVE" inklyuziv ijodiy studiyasi ochildi.  Bu haqda Prezident ta`lim muassasalari agentligi ma`lum qildi.

"ZAMIN CREATIVE" -  san`at sohasiga qiziqqan yoshlarning salohiyatini aniqlash va rivojlantirishga mo`ljallangan inklyuziv ijodiy ta`lim muhitidir.  

"ZAMIN CREATIVE" ta`lim dasturidan ko`zlangan maqsad:

  • yoshlarda aktyorlik mahorati,  
  • fashion dizayn
  • media savodxonlik ko`nikmalarini shakllantirish
  • ijodiy OTMlarga tayyorlashdan iborat

 

 16 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan talabgorlar tanlov asosida "ZAMIN CREATIVE" studiyasining ilk ishtirokchilari bo`lish imkoniyatiga ega.  

Talabgorlar joriy yilning 4-apreliga qadar  ushbu havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Hozirda 101-, 102- va 106-son eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o`quvchilari tanlovda o`z ijodiy ishlari bilan qatnashishmoqda.

    Boshqa yangiliklar