AsosiyJamiyat

Samarqandda Nexia 3 va Nexia-2 avtomobillari to`qnashdi. Natijada Nexia 2 yonib ketdi

'Samarqandda Nexia 3 va Nexia-2 avtomobillari to`qnashdi. Natijada Nexia 2 yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 25 mart kuni soat 14:42 da Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani Paxtakor MFY "Samarqand-Kattaqo`rg`on" avtomobil yo`lida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.X. boshqaruvida bo`lgan Nexia-2 va shu yo`nalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro Y.F. boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 avtomobillari o`rtasida yo`l taransport hodisasi sodir bo`lgan.

Natijada Nexia-2 avtomobilida qisqa tutashuv sabab yong`in sodir bo`lgan. Voqea joyiga YOQE soat 14:57 da etib borib, yong`in soat 15:20 da o`chirilgan.  

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo`q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar