Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, terroristik tashkilotlarning g`oyalarini qo`llab-quvvatlab kelgan 12 nafar fuqarolar qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.
Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida yashovchi fuqaro “N.J.” ijtimoiy tarmoqda 12 nafar mahalliy fuqarolardan iborat virtual jamoat tuzgan hamda terroristik tashkilotlar g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni muntazam ravishda jamoat a`zolari bir-biriga tarqatib, muxokama qilib kelishgan. Natijada, jamoat a`zolarining 8 nafari Suriya davlatiga XTT safiga chiqib ketishni rejalashtirgan.
Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






