AsosiyJamiyat

Jizzaxda haydovchi piyodani urib yubordi. Natijada...

'Jizzaxda haydovchi piyodani urib yubordi. Natijada...'ning rasmi

Jizzax viloyati Zomin tumanida haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi

Ma`lum bo`lishicha, Zomin tumani O`zbekiston mahalla fuqarolar yig`ini hududidan o`tuvchi Dashtobod - Zomin 4-R yo`lining birinchi kilometrida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Tumanning Chorvador qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” bilan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi.

Oqibatda O`zbekiston mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiladigan jabrlanuvchi bosh miya lat eyishi og`ir darajasi, miya komasi, ikkala oyoq sidirilgan jarohati, travmatik shok og`ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar