Kecha O`zbekistonda kasallanishlar soni ortib, qariyb 50 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 25 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 237589 (+47) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Farg`ona viloyatida,
- 23 nafari Toshkent viloyatida,
- 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 1 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
- Farg`ona viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 14 nafar,
- Toshkent shahrida 56 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 235344 (+79) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.






