Ayrim hududlarda, shuningdek poytaxt Toshkentda ham shamol tezligi kuchaymoqda. Bu haqda xabar qilgan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.
"Barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz joylarda qoldirmasliklarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, "O`zgidromet" bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi haqida xabar qilgan edi.






