1

Ozodbek Nazarbekov: "Kliplarni efirdan oldirib tashlash bizning vakolatimizga kirmaydi"

Madaniyat 26.03.2022, 13:35
Ozodbek Nazarbekov: "Kliplarni efirdan oldirib tashlash bizning vakolatimizga kirmaydi"

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan Madaniyat vazirining eshituvida Ozodbek Nazarbekov so`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda san`at ahlining ayrim vakillari “ramka”ga to`g`ri kelmaydigan chiqishlari bilan ommani o`ziga qaratayotgani, sahna madaniyatini, etika qoidalarini unutayotgan, tomoshabinga nisbatan qo`pol munosabatini ochiqdan-ochiq namoyish etayotgan san`atkorlar haqida munosabat bildirdi. 

"Haqiqatan ham vazirligimizga san`at va madaniyat vakillarining axloqi, sahna madaniyati, etika qoidalariga rioya qilishiga oid juda ko`plab murojaatlar keladi. Bu borada "O`zbekkonsert" davlat muassasasi qoshidagi Badiiy kengash qarori bilan o`sha san`atkorlarning sahnaga, telekanallarga chiqishiga taqiq qo`yish yoki lisenziyasini olib qo`yish bilan jazo choralari ko`riladi.

Ammo hozir bilamizki, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bemalol o`z ijod namunalarini tarqatishi mumkin. Qolversa, xususiy telekanallar ham mustaqil. Madaniyat vazirligi bilan faqat O`zMTRK hisoblashishi mumkin. Ya`ni bizning taqiqlarimizni MTRK tarkibidagi telekanallar inobatga oladi, xususiy telekanallarga ta`sir qila olmaymiz. Kliplarni efirdan oldirib tashlash bizning vakolatimizda emas.

Bu borada maxsus bir jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifini bildirmoqchiman. U kim bo`lishidan qat`iy nazar, millat ma`naviyatiga zid chiqishlar qiladimi, albatta, ana shunday kengashlar tomonidan tartibga solinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi", - dedi vazir Ozodbek Nazarbekov. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1