Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 02 mart kuni Paxtachi tumani Toma MFY “Sadaf” ko`chasida yashovchi ruhiy kasal, 1997 yilda tug`ilgan Shovdirova Sarvinoz Ismat qizi yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib bedarak yo`kolgan.
Egnidagi kiyimlari: qora rangli ko`ylak, pastki qismida qora rangli gamaj, oyog`ida qizil rangli rezina tapochka bo`lgan.
Alohida belgilari: bo`yi taxminan 165-170 sm, o`rtacha gavdali, sochi qora rangda 4-5 sm uzunlikda, yuzi uzunchoq, qoshlari qora, ko`zlari o`rtacha kattalikda, qorachiqlarining rangi qora, tishlari tabiiy holatda.
Shovdirova Sarvinoz Ismat qizini ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998664031202, +998979331113, +998662311111 yoki 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.






