Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel mukofotini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi O`zbekiston sport kurashlari assoisiasiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu marosimda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi raisi o`rinbosari, O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan murabbiy, iqtisod fanlari nomzodi, dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari faxriy doktori, mesenat Salim Abduvaliev ham ishtirok etgan.
Ta`kidlanishicha, Salim Abduvaliev 1888 yilda asos solingan, 2005 yildan qayta yo`lga qo`yilgan Lyudvig Nobel premiyasining 2022 yilgi mukofotiga munosib ko`rilgan. Bu mukofot laureatlarga insoniyat oldidagi ulkan ishlari, professionalizm, o`z sohasida erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.






