Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, voqea 26 mart kuni soat 22.00 atrofida Uchtepa tumanining “Qovunchi” ko`chasida sodir bo`lgan. 22 yoshli “Spark” haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan. Shundan so`ng avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo`lib, yong`in yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va mashina ichida bo`lgan yo`lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.






