21 mart — Navro`z bayrami kuni Shavkat Mirziyoev mahalla faollari, hunarmandlar bilan suhbatlashib, milli madaniyat markazlari, teatr jamoalarining sahnalashtirilgan chiqishlari bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoev Navro`z sayliga kelgan o`zbekistonliklarni bayram bilan qutlab bordi. Shu erda o`ynab yurgan bir bolakay esa yo`lda prezident bilan besh tashlab so`rashib, unga minnatdorchilik bildirdi.






