AsosiyJamiyat

O`zbekistonda nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi

'O`zbekistonda nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi'ning rasmi

2022 yil 1 apreldan boshlab O`zbekistonda nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi. 

 Yangi tartibga ko`ra:

— mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – 440 000 so`mdan 622 000 so`mgacha oshiriladi;  

— o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so`m miqdorida nafaqa to`lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.

Parvarishlash nafaqasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan tayinlanadi va to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar