AsosiyJamiyat

Poytaxt hokimligi yog`ingarchilik sabab yuzaga kelgan yo`llardagi nosozliklarni qachon ta`mirlanishini ma`lum qildi

'Poytaxt hokimligi yog`ingarchilik sabab yuzaga kelgan yo`llardagi nosozliklarni qachon ta`mirlanishini ma`lum qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi shu yilgi kuz-qish mavsumidagi yog`ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan ta`mirtalab yo`llar haqida ma`lumot berdi. 

Hokimlik xabarida aytilishicha, joriy yilda odatdagidan ko`p yog`ingarchilik kuzatilgani bois, poytaxtdagi yo`llarda jiddiy nosozliklar yuzaga kelgan, chuqurliklar soni ko`paygan. 

Vaziyat Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo`lib, Shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan yo`llardagi nosozliklar xatlovdan o`tkazilgan, ta`mirlash texnikasi shay holatga keltirilgan.  

Yog`ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan shahrimizdagi ta`mirtalab ko`chalarni soz holatga keltirish bo`yicha rejalashtirilgan ishlar boshlab yuboriladi. Buning uchun zarur texnika, mahsulotlar va ish kuchlari etarli.  

    Boshqa yangiliklar