Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, "Yo.O.O." MChJ rahbari H.A. firibgarlik ya`ni ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, pora berishga dalolat qilib, fuqaro B.R.ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o`zining Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali ishga kiritib qo`yish evaziga 800 AQSh dollari talab qilib, undan kimyoviy ishlov berilgan 800 AQSh dollarini Guliston shahar, O`zbekiston shoh ko`chasida joylashgan restoranda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Departament axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






