AsosiyJinoyat

Uchtepada tadbirkorning 267,4 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan savdo agenti aniqlandi

'Uchtepada tadbirkorning 267,4 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan savdo agenti aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqaro N.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, “G.G.” MChJda savdo agenti vazifasida ishlagan paytida korxonaning turli xil tozalovchi kimyoviy vositalarini savdo do`konlariga etkazib berish uchun qabul qilishib, ushbu mahsulotlarni  sotuvdan tushgan pul mablag`larini MChJga qaytarmasdan jami 267,4 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar