AsosiyJamiyat

Prezident tibbiyot markazlarining rahbarlarini qat`iy ogohlantirdi

'Prezident tibbiyot markazlarining rahbarlarini qat`iy ogohlantirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida  videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, davlat rahbari muhim masalalarning biriga to`xtalib o`tdi:

“Misol uchun, Urologiya va Onkologiya markazlari aprel oyida viloyatlarda bor-yo`g`i 5 tadan, Akusherlik va ginekologiya markazi esa 15 ta yuqori texnologik operasiya o`tkazishni reja qilgan.

Yoki, Ko`z mikroxirurgiyasi markazi xodimlari har oyda joyiga chiqib 50 tadan operasiya o`tkazgani bilan, aprelda hududga borganda atigi 3 nafar mutaxassisning malakasini oshirmoqchi.

Barcha markazlar rahbarlarini qat`iy ogohlantiraman. Agar:  

- o`zi boshchiligida joylarga chiqib, yangi davolash amaliyotlarini o`tkazmasa;

- yuqori texnologik operasiyalarni hududlarda joriy etmasa;

- viloyat va tuman mutaxassislarini bunga o`rgatmasa, o`zgarish bo`lmaydi. Odamlarimiz sarson bo`lib, poytaxtga kelaveradi”.

Shu bois, aprel markazlar rahbarlari uchun chinakam sinov oyi bo`lishi, masalaning mohiyatiga kirib, o`z ish faoliyatini o`zgartirmagan rahbarlarga qat`iy choralar ko`rilishi ko`rsatib o`tildi.

 

    Boshqa yangiliklar