AsosiyJamiyat

Bulung`ur tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

'Bulung`ur tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati Bulung`ur tumani IIB yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qildi. 

Samarqand viloyati IIB boshlig`i polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan Bulung`ur tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag`ishlangan uchrashuv o`tkazildi. 

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig`i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug`i bilan tuman IIB boshlig`i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Otamurodov Abduvali Saidmuradovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar A.Otamurodov Kattaqo`rg`on tumani IIB boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan. Tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Jo`raqo`lov Bunyod Arziqulovich boshqa lavozimga o`tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar